O'qituvchilar uchun AI kursi · o'zbek tilida

Birinchi muallim — siz. Ikkinchisi — AI.

Dars ishlanmasi, test va hisobotni AI bilan tez va sifatli tayyorlashni o'rganing. Har darsdan keyin qo'lingizda ishlaydigan natija qoladi, uni jonli mentor tekshiradi.

prompt.txt
  • ROL: Sen tajribali ofis menejerisan.
  • VAZIFA: 25-noyabrdagi uchrashuvni 28-noyabrga ko'chirish haqida xat yoz.
  • AUDITORIYA: Hamkor kompaniya vakili.
  • FORMAT: 5 jumladan oshmasin, mavzu qatori bilan.
  • CHEGARA: Rasmiy, lekin iliq ohangda; uzr so'rash bir marta.

AI javobi

Mavzu: Uchrashuv sanasi o'zgarishi Hurmatli hamkorlar! 25-noyabrdagi uchrashuvimizni kutilmagan tadbir sababli 28-noyabrga ko'chirishga to'g'ri keldi. Noqulaylik uchun uzr so'raymiz. Vaqt sizga mos kelsa, tasdiqlab yuborishingizni so'raymiz.

ChatGPTClaudeGeminiPerplexityNotebookLMCanva AIElevenLabsSunoClaude ArtifactsLovableGitHubVercelClaude Coden8n

Kurs bir qarashda

Nima o'rganasiz va nimalar kiradi

Nimani o'rganasiz

  • AI qanday ishlashini va nega ishonch bilan xato qilishini tushuntirasiz
  • To'liq prompt yozasiz: rol, vazifa, auditoriya, format va chegara
  • Kundalik ishda AI: xat, hisobot, tahlil, jadval, faktni tekshirish
  • Rasm, taqdimot, ovoz va video yaratasiz
  • Kod yozmasdan ilova, sayt va Telegram bot yasaysiz

O'qituvchilar

Dars ishlanmasi, test va hujjatlarga vaqtingiz kam bo'lsa.

Ofis xodimlari

Xat, hisobot va jadvallarni tezroq tayyorlamoqchi bo'lsangiz.

Talabalar va yoshlar

Kod yozmasdan ilova va bot yasashni o'rganmoqchi bo'lsangiz.

O'quv yo'li

7 modul: kundalik ishdan o'z ilovangizgacha

Har bir dars

8 qadam: tushunish, qilish, saqlash

  1. 1 · ~2 daq

    Maqsad

    Darsdan keyin nima qila olishingiz

  2. 2 · ~7 daq

    Video

    Qisqa va aniq tushuntirish

  3. 3 · ~10 daq

    Nazariya

    Avval yomon prompt, keyin yaxshisi

  4. 4 · ~20 daq

    Amaliyot

    Qadamma-qadam, real vazifada

  5. 5 · ~4 daq

    Xatolar

    Ko'pchilik qiladigan xatolar

  6. 6 · ~5 daq

    Natijani topshirish

    Havola yoki yozma javob, mentor tekshiradi

  7. 7 · ~2 daq

    Prompt kutubxonasi

    Tayyor promptlarni o'z to'plamingizga saqlash

  8. 8 · ~20 daq

    Uyga vazifa

    Mustahkamlash va bonus topshiriq

Kurs davomida

Qo'lingizda nima qoladi

Shaxsiy prompt kutubxonasi

Har darsdan tayyor promptlar: xat, tahlil, jadval, rasm va kod uchun.

O'zingiz yasagan ishlar

Hujjat, taqdimot, ilova, sayt va Telegram bot, havolasi bilan.

Mentor tekshiruvi

Har bir natijani jonli inson ko'radi va aniq maslahat beradi.

Sertifikat

Har bir sertifikatni kod orqali tekshirish mumkin.

Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

Dasturlashni bilishim kerakmi?+

Yo'q. Kurs kod yozmasdan ishlashni o'rgatadi. Faqat kompyuter yoki telefon va internet kerak.

Mentor tekshiruvini kutishim shartmi?+

Yo'q. Natijani yuborgan zahoti keyingi dars ochiladi. Mentor qabul qilganda XP qo'shiladi.

Telefonda o'qish mumkinmi?+

Ha. Dars ekrani telefonda "O'qish" va "Amaliyot" bo'limlariga bo'linadi.

Bepul AI vositalari yetadimi?+

Boshlang'ich darslarda bepul versiyalar yetadi. Har darsda qaysi vosita kerakligi oldindan yozilgan.

Sertifikat qanday olinadi?+

Barcha 32 dars tugatilgach kabinetdan olinadi. Uni kod orqali tekshirish mumkin.

Birinchi darsni bugun boshlang: 45 daqiqa va ishlaydigan natija

  • Kod bilish shart emas
  • Mentor tekshiradi
  • O'z tezligingizda
Ro'yxatdan o'tish